TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun imzolagan qarorga asosan Milliy xavfsizlik xizmati rais o‘rinbosari — MXXning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Toshpo‘latov Shuxrat Jumayevich tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan. MXXning asosiy vazifalari xorijiy davlatlar va tashkilotlar maxsus xizmatlarning O‘zbekistonga qarshi razvedka-qo‘poruvchilik faoliyati bilan kurash olib boradi, O‘zbekiston mustaqilligi, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligi, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi.
1995 yildan beri Milliy xavfsizlik xizmatiga Rustam Inoyatov rahbarlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Mirziyoyev O‘zbekiston Hukumatida yana bir qancha kadrlarni almashtirgan edi. Bundan tashqari, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari shtat birligi qisqardi. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakil lavozimiga tayinlandi.