TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning xududiy filiallari muvofiqlashtiruvchi – dispetcherlik bo‘limlari 2019-yil birinchi yanvardan ish boshlab yuborishi ko‘zlanmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.
Buning uchun xalqaro tashkilot, moliya institutlari va grantlar hisobidan 15 mlrd. so‘m va 17 mln. AQSh doll. ortiq mablag‘lar ajratiladi.
Markazlar 2019-yil birinchi yanvardan ish boshlashi rejalashtirilgan.
Markaz vazifalari qatorida — tez yordam chaqiriqlarini butun mamlakat bo‘yicha markazlashtirib qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash kiradi. Dispetcherlik xizmatlari shuningdek, chaqiriq bo‘yicha chiqqan brigadalar faoliyatlarini muvofiqlashtiradi va operativ boshqaruvini ta’minlaydalar.
Ularning zimmalariga, shuningdek, IIV, FVV, "O‘Ztransgaz" AJ shoshilinch xizmatlari bilan hamkorlik olib borish yuklatilgan.