TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Tez yordam xizmati o‘z mashinalari kasallar huzuriga yetib kelish vaqtini qisqartirishga harakat qilmoqda, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi Sputnik muxbiriga.
Uning so‘zlariga qaraganda, Tibbiyot vazirligi tomonidan poytaxtda ham viloyatlarda ham qo‘shimcha tez yordam bo‘limlari ochilmoqda.
“Bugungi kunda Toshkentda 15 ta qo‘shimcha “103” Tez yordam bo‘limi ochilgan. Bu bizga kasal oldiga yetib kelish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi. Rayonlar chegarasi doirasida masofa 5-7 kilometrgacha qisqartirilgan. Oldin ushbu masofa 40 kilometrgacha bo‘lardi. Tez yordam bo‘limlarini yaqinroq joylashtirish uchun, biz aholi turar joyiga yaqin joylashgan oilaviy poliklinikalar va boshqa tibbiy muasasalar huzurida ham tez yordam bo‘limlari ochdik”, — deydi suhbatdosh.
Uning so‘zlariga qaraganda avtomobillar yetib kelishi uchun eng murakkab vaqt – bu kechgi tirbandlik vaqti. U soat 6 da boshlanib tungi 12 da tugaydi. Qoidaga ko‘ra, tez yordam kasal oldiga 15 minutda yetib kelishi kerak, lekin biz hozir ushbu 15 minutni ham qisqartirmoqchimiz.
Qabul qilingan choralarga ko‘ra, tez yordam mashinalari yetib kelish vaqti 13-15 %ga kamaytirilgan.
Qishloq joylarda “102” xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Odatda, qishloq meditsina bo‘limida shifokorlar faqat kunduzi ishlaydi. Biz ularning doimiy navbatchiligini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Ayni damda shunday guruhlar faoliyatini qanday tashkil qilish haqida o‘ylayapmiz. Yangicha tizim bizga tibbiy yordam yetib kelish vaqtini sezilarli darajada tezlashtiradi, — deydi mutaxassis.
Birinchi yarim yil davomida Tez yordam bo‘limlarida 3,7 mln kishiga yordam ko‘rsatilgan. Ulardan 360 mingi shifoxonalarga yotqizilgan, 800 ming kishiga poliklinika yordam ko‘rsatilgan va 3 mlnga yaqiniga tez yordam brigadalari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.