Chiroyli selfi deb armanistonlik yosh kurashchi hayotdan ko‘z yumdi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishTok o‘tkazgich ustunlari
Tok o‘tkazgich ustunlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armanistonlik sportchi Gegam Ovannisan yuqori kuchlanishga ega elektr simlari o‘tkazilgan stolbada chiroyli selfi tushmoqchi bo‘lgan

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Armanistonning Shauman qishlog‘idan bo‘lgan o‘n olti yashar kurashchi Gegam Ovannisan elektr uzatish simlari ustunlarida selfi tushmoqchi bo‘lib hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Armaniston.

Yo‘lovchilar Kaluga aeroporti binosi yaqinida. - Sputnik O‘zbekiston
Selfi qilaman deb, to‘qqizinchi qavatdan quladi
Fojia tong saharda yuz bergan. Gegam ertalab do‘stlari bilan birga Shauman qishlog‘idan Aygezard qishlog‘igacha yugurish mashqlariga chiqqan, deb xabar bergan nashrga Aygezard qishlog‘i oqsoqoli Artur Manukan.

Tushuntirish berilishicha, Gegam yo‘lda elektruzatish simlari ustunlariga chiqib selfi tushishni xohlab qolgan.

"Baxtsiz hodisa ertalabki 8:30 da yuz berdi. Gegam 38 ming volt kuchlanishga ega stolbaga chiqdi. Do‘stlari uni bu fikridan qaytarmoqchi bo‘lishgandi, ammo u quloq solmadi", — deb aytgan Artur Manukan.

Yigit muntazam ravishda sport bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Ayni vaqtda sudmedekspertiza tayinlangan, surishtituv ishlari olib borilmoqda. Yigit tok urishi natijasida halok bo‘lganmi yoki yiqilish oqibatida — aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0