Selfi qilaman deb, to‘qqizinchi qavatdan quladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishYo‘lovchilar "Kaluga" aeroporti binosi yaqinida.
Yo‘lovchilar Kaluga aeroporti binosi yaqinida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tula viloyati(Rossiya)da yashovchi o‘quvchi qizlardan biri, sinfdoshlari bilan selfi qilmoqchi bo‘lganida, simga qoqilib, to‘qqizinchi qavatdan pastga quladi.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik Rossiyaning Tula viloyatida yashovchi o‘quvchi qizlardan biri, sinfdoshlari bilan birgalikda tomda selfi qilmoqchi bo‘lganida, bexosdan simga qoqilib, to‘qqizinchi qavatdan pastga quladi, RIA Novosti, Tula viloyati IIB xabariga ko‘ra. 

"Bo‘limimizga to‘qqiz qavatli uydan pastga qulagan 13 yashar o‘quvchi qiz kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar keldi.  Shifokorlar tomonidan bemorga “bosh suyak-miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, umurtqa yopiq jarohati” tashhisini qo‘yishga ulgurishdi, deyiladi xabarda.

Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchi qiz o‘z sinfdoshlari bilan selfi qilish uchun to‘qqiz qavatli uyning tomiga chiqishgan. Ammo tortilgan simni ko‘rmay qolib, qoqilishi natijasida pastga qulagan.

Yangiliklar lentasi
0