TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston, Suriya, JAR, Isroil, Fiji, Uganda va Laos ilk ilk marta xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Uchinchi xalqaro armiya o‘yinlari 29-iyuldan 12-avgustga qadar Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Xitoyda bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qildi "ArMI-2017" tashkiliy qo‘mitasi.
"O‘zbekiston, Suriya, JAR, Isroil, Fiji, Uganda va Laos ilk ilk marta xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etadi, deb yozadi RIA Novosti. Bugunga qadar jami 27 mamlakat o‘yinlarda ishtirok etishini tasdiqladi, o‘z qiziqishini bildirgan yana 16 mamlakat hozircha yakuniy qarorga kelmadi. Taklifnomalar 73 mamlakatga jo‘natilgandi", — deya ma’lum qildi tashkiliy qo‘mita 32 mamlakat harbiy attashelari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
O‘yinlar harbiy xizmatchilarning dala, havo va dengizdagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazuvchi 28 tanlovdan iborat bo‘ladi. Bu yil o‘yinlarga beshta yangi yo‘nalish kiritildi: bular "Harbiy ralli" (ming kilometr masofaga harbiy yo‘ltanlamas mashinalarida harakatlanish), "Uchuvchisiz uchar qurilmalarni boshqarish musobaqasi", "Hamdo‘stlik jangchisi" (MDH mamlakatlari harbiylarining harbiy-professional mahorati), "Tartib posboni" (harbiy politsiyachilar o‘rtasida musobaqa), "Yo‘l patruli" (harbiy avtoinspeksiyalar musobaqasi) musobaqalaridir.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.