MRB uchun mahbuslarni qiynash dasturini tuzgan psixologlar sudlanadi

© AFP 2023 / SAUL LOEBZdanie SRU
Zdanie SRU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MRB uchun so‘roq qilish uslubini yaratish orqali psixologlar Jeyms Mitchell va Brus Jessen 80 million dollardan ortiq pul ishlagan

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Markaziy razvedka boshqarmasi uchun so‘roq paytida shafqatsiz qiynoqlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma tuzgan ikki psixolog ishi huquqni himoya qiluvchilar da’vosiga ko‘ra sudda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Assoshieyted Pressga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda. Vashington sudi ushbu ish 5-sentabr kuni ko‘rib chiqilishini belgiladi.

Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Samsung MRB televizorlardan josuslikda foydalangani haqidagi xabarni o‘rganmoqda

Amerika fuqaro erkinliklari ittifoqi (ACLU) o‘z da’vosida MRB uchun so‘roq qilish uslubini yaratish orqali 80 million dollardan ortiq pul ishlagan psixologlar Jeyms Mitchell va Brus Jessen javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.

Da’vo kaltaklangan, uxlashiga yo‘l qo‘yilmagan, ustidan muzday suv quyilgan, bir necha kun davomida quti ichida qo‘lini yuqoriga ko‘tarib turishga majbur qilingan uch nafar sobiq mahbus nomidan berilgan.

Yangiliklar lentasi
0