Samsung MRB televizorlardan josuslikda foydalangani haqidagi xabarni o‘rganmoqda

© Uzbekistan TodayTelevizionniy pult
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya vakili Samsung uchun shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va qurilmalarimiz xavfsizligi eng ustuvor vazifa hisoblanishini bildirdi

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi WikiLeaksning MRB ushbu kompaniya televizorlaridan josuslik maqsadlarida foydalanayotgani haqidagi xabarni o‘rganishga kirishdi, deb xabar berdi RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib.

Wikileaks sayti Markaziy razvedka boshqarmasi foydalanuvchilarning kompyuterlari, mobil telefonlari hamda smart-televizorlarini buzib kirish uchun turli dasturlardan foydalangani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgandi.

WikiLeaks sayti - Sputnik O‘zbekiston
Wikileaks: AQSh razvedkasi ayfon, ayped va smart-tvdan josuslikda foydalanmoqda

Ma’lumot berilishicha, MRB Samsung televizorlari dasturiy ta’minotini buzib kirish uchun Britaniyaning Mi-5 razvedka xizmati bilan hamkorlik qilgan.

Xabarga ko‘ra, Weeping Angel ("Yig‘layotgan farishta") deb nomlanuvchi maxsus dastur televizorni go‘yoki o‘chgandek ko‘rsatgan, aslida esa televizor suhbatlarni eshitish uchun moslama vazifasini o‘tagan.

"Biz ushbu ma’lumotdan xabardormiz va ushbu masalani zudlik bilan ko‘rib chiqamiz", — dedi matbuot xizmati.

"Samsung uchun shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va qurilmalarimiz xavfsizligi eng ustuvor vazifa hisoblanadi", — deb xabar beradi kompaniya.

Yangiliklar lentasi
0