TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida aliment to‘lamay qochib yurgan shaxslar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ushbu ro‘yxatdan 31 nafar erkak va bir ayol o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tadi.
Sal oldin, TIV mahkamaga fuqarolardan kelayotgan murojaatlarning asosiy qismi — hujjatsiz va moliyaviy ta’minotsiz qolgan xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishlari, ota-onalari xorijda yashirinib yurgan bolalarni boqish uchun aliment undirish, O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan ota-onalarni izlash, boshqa davlatlarda sudlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish kabi masalalarga tegishli ekanligini e’lon qilgan edi.