TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Amanulla Yunusov Matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Uning o‘rniga prezident qaroriga muvofiq Laziz Xushboqovich Tangriyev Matbuot va axborot agentligining bosh direktori etib tayinlandi.
Tangriyev bunga qadar G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.