Samarqanddagi bir nechta oliygoh xodimlari pora bilan qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori Toshtemir Ostonaqulovning aytishicha, test sinovlari bilan u yoki bu tarzda bog‘liq bo‘lgan har bir xodimdan tushuntirish xati olingan

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Samarqanddagi bir nechta oliygohlarning xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda oliygohlar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi, deb yozadi NUZ.UZ.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi oliygoh mutaxassisi 8 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Matbuot anjumanida Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori Toshtemir Ostonaqulov institut yuristi o‘z ish kabinetida 10,5 ming AQSh dollarini pora sifatida olayotganida qo‘lga olinganini bildirdi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sulton Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, institut xodimlaridan biri abituriyentdan 6 ming dollar so‘ragan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand davlat universiteti prorektori Ahmadjon Soliyev universitet dekanlaridan biri 19-iyul kuni 23 ming dollar miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushganini ma’lum qildi.

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori Toshtemir Ostonaqulovning aytishicha, test sinovlari bilan u yoki bu tarzda bog‘liq bo‘lgan har bir xodimdan tushuntirish xati olingan. Test sinovlariga tayyorgarlik va uni o‘tkazish davrida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0