OAVda tarqatiladigan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi

© Uzbekistan TodayTelevizionniy pult
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bir axborotlar televidenie, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Endilikda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uzbekskie deti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Bolalar telestudiyasi tashkil etiladi

Deputatning bildirishicha, ma’lum bir axborotlar televidenie, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi.

Uning yozishicha, Qonunchilik palatasida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Qonun loyihasi bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda muloqotlar o‘tkazilmoqda hamda loyihani maromiga yetkazishda bildirilgan takliflar inobatga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0