O‘zbekistonda Bolalar telestudiyasi tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
YuNISEF va EOAVMA bolalarga mo‘ljallangan yuqori sifatli tele va radio dasturlarning sonini oshirishga kelishib olishdi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA) O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar, deb xabar bermoqda YuNISEF matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, tomonlar 2018-yilning oxiriga qadar bo‘lgan muddatga hamkorlik rejasini kelishib oldilar.

Memorandumga muvofiq, ayollar va bolalar hayotini yaxshilash va farovonligini oshirishga hamda bola huquqlarini tatbiq etishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46 foizi o‘z otasi bilan o‘ynash imkoniga egamas - YuNISEF

Hamkorlar bolalarga mo‘ljallangan yuqori sifatli tele va radio dasturlarning sonini oshirish, bolalar va yoshlarga o‘z hayotlariga taalluqli bo‘lgan mavzularda erkin fikr bildirishlari imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi nodavlat elektron OAVlarida ayollar va bolalar mavzularini yorituvchi dasturlar sifatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarni davom ettirishga kelishishdi.

Memorandum doirasida birgalikdagi ko‘plab tadbirlardan tashqari, OAV xodimlari salohiyatini oshirish, shuningdek turli auditoriya uchun mo‘ljallangan zamonaviy va qiziqarli kontent tayyorlash uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadida Bolalar telestudiyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga hamkorlar "Markazda bolalar" deb nomlanuvchi tele- va radio-shou turkumlari, O‘zbekiston bolalari va oilalariga tegishli masalalarni ko‘tarib chiqadigan oylik dasturlar interaktiv turkumi ustida ishlashni davom ettiradilar.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta yo‘nalish bo‘yicha yanada rivojlantirish harakatlar strategiyasida bolalar ta’limi, tarbiyasi va salomatligi masalalariga, umuman olganda, bolalarning intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishiga katta e’tibor berilgan.

Yangiliklar lentasi
0