Doktorant va magistrantlar moddiy rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova
Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari bo‘lgan hamda ixtirochilik patentini qo‘lga kiritgan doktorant va magistrlarni o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona va tashkilotlar hisobidan moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik.  Endilikda O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi doktorant va magistrantlar moddiy rag‘batlantiriladi. Bu O‘zbekiston prezidentining "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilab berildi.

Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi MGU filialida magistratura ochilishi mumkin

Qarorga muvofiq, doktorantlar, magistratura talabalarini korxona (muassasa)larning muammoli masalalariga bag‘ishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni korxona (muassasa)larda o‘tkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari bo‘lgan hamda ixtirochilik patentini qo‘lga kiritgan doktorant va magistrlarni o‘qituvchi lavozimi bo‘yicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona va tashkilotlar hisobidan moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, qarorda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishiga moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning oylik stipendiyasining 50 foizigacha miqdorda moddiy rag‘batlantirilishi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishini, doktorantura bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ishga joylashishi, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish uchun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan imtiyozli ipoteka kreditini 25-yil muddatga ajratish mexanizmi joriy etilishini nazarda tutgan Hukumat qarorini qabul qilish vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0