TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Stanislav Pritchin, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston orasida energetik hamkorlik masalalariga oydinlik kiritdi.
Yaqinda OAVlarda Tojikiston O‘zbekistonga arzon narxda elektr energiyasi yetkizib berishga tayyor ekaninligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bundan oldin esa Qirg‘izistondan O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Bunga sabab Toktokul suv ombori to‘lib ketgani sababli, Qirg‘izistonda ortiqcha elektr quvvati hosil bo‘lgan. Uni qo‘shi Qozog‘iston va Qirg‘izistonga sotish borasida muzokaralar olib borilgan. O‘zbekiston ushbu energiyani sotib olishga rozi bo‘lgan.
O‘rta Osiyo elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimida mavsumiylik xususiyati bor, ya’ni yilning ma’lum vaqtida energiya keragidan ortiq ishlab chiqariladi, boshqa davrida esa, unga ehtiyoj kuzatiladi. Ushbu mavsumiylik "cho‘qqilari"ni tekislash maqsadida O‘rta Osiyo mamlakatlari energetika tizimi boshidan halqa sifatida qurilgan.
Bir necha yil oldin O‘zbekiston xoxishiga ko‘ra, ushbu sohada hamkorlik to‘xtatib qo‘yilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan, bundan hamma yutqizgani namoyon bo‘ldi. Bugungi kunda esa, O‘zbekiston, siyosatdan xoli bo‘lgan hamda milliy va iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqqan holda, qo‘shnilar bilan samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanini namoyish qilmoqda, demak O‘rta Osiyo energetik halqasini tiklashga umid paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘rta Osiyo energiya halqasi Sovet davrida qurilgan bo‘lib u O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda joylashgan 83 ta elektr stansiyalarni birlashtirgan edi. Uning boshqaruv-nazorat punkti esa Toshkentda joylashgan edi. Ushbu tizim nafaqat elektr ta’minoti, balkim qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlash jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanar edi. 2009-yilda O‘zbekiston bir tomonlama ravishda ushbu tizimdan chiqishga qaror qilgan edi.