TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Joriy yil sentabr oyida Tojikiston Toshkentda ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada Tojikistonning 64 ta ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.
Tojikiston birinchi navbatda yengil sanoat, tog‘ rudasi, alyuminiy va mashinasozlik mahsulotlarini namoyish qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 17-21 aprel kunlari Dushanbedagi "Poytaxt 90" savdo markazida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sanoat, qurilish va oziq ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari ushbu ko‘rgazma-yarmarkaga avtomobil sanoati mahsulotlari, maishiy texnika, liftlar, kabel va simlar, santexnika, teri mahsulotlari, transformatorlar, polipropilen quvurlar, kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlarini olib borishgan.