TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun soat 8:40 da "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning Boing 787 Drimlayner samolyoti Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportidan Nyu-Yorkka parvoz qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Bu qo‘nishlarsiz amalga oshiriluvchi ilk reys mamlakat fuqarolik aviatsiyasi hayotidagi tarixiy voqea hamda milliy aviatashuvchining rivojidagi yangi davr hisoblanadi.
Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys 13 soat davom etadi.
Parvozni "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning Parvozlar kompleksi direktori o‘rinbosari Sergey Kim, aviakompaniya bosh shturmani Stanislav Gurfinkel, Boeing 787 parvoz otradi qo‘mondoni Asadjon Tursunov, ikkinchi uchuvchilar Rustam Qo‘rg‘onov va Olimjon Uzoqov tarkibidagi ekipaji amalga oshirmoqda.
Nyu-Yorkdan Toshkentga "orzu layneri" ekipaji havo kemasi qo‘mondoni Pavel Morgachev, Boeing 787 parvoz otradi uchuvchi-instruktori Aleksey Markin hamda ikkinchi uchuvchi Ulug‘bek Eshmuhamedovlardan iborat bo‘ladi.
Poytaxt aeroportida ushbu voqea munosabati bilan Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qo‘nishlarsiz parvozni amalga oshirgan Drimlaynerni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.