Toshkentda antiqa yo‘l-transport hodisasi yuz berdi

© podrobno.uzDTP s tremya avtomobilyami "Matiz"
DTP s tremya avtomobilyami Matiz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aytishlaricha, voqea Algoritmdagi 31-kvartalda sodir bo‘lgan

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek guruhlarida poytaxtda yuz bergan antiqa YTH surati ommalashmoqda, deb yozadi Podrobno.uz.

V Tashkente avtomobil Lasetti vrezalsya v derevo na skorosti 120 km/ch - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda navbatdagi dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Suratda bir xil ko‘rinishdagi uchta "Matiz" to‘qnashuvi tasvirlangan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar suratni uchta cho‘chqacha haqidagi ertakka qiyoslab "Nif-Nif, Naf-Naf va Nuf-Nuf" deya izohlashdi.

Yana ayrimlar Toshkentda "Matizoparovoz" transporti yo‘lga qo‘yilishi haqida hazil qildi.

"Bu voqeani o‘zim ko‘rdim. Birinchi "Matiz" yo‘l chetida turgan mijozni ko‘rib keskin to‘xtadi. Uning ortidan kelayotgan mashinalar unga kelib urilishdi. Bu Algoritmdagi 31-kvartalda bo‘ldi", – deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0