TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkentda kuni kecha soat taxminan 16:30larda dahshatli avariya yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ikki yigit hodisa joyida halok bo‘lgan, avtomobil esa g‘ijimlangan temir banka holatiga kelib qolgan.
"Soat 18:00lar atrofida hodisa yuz bergan joy yaqinida edim. Mashina oynalari parchalariga va qonga belangan daraxtga ko‘zim tushdi, avtomobil yo‘q edi. Dahshatli avariya ro‘y berganini darhol fahmladim. Hozir ushbu suratlarni ko‘rib, yanayam qo‘rqib ketdim, menimcha haydovchi normal holatda bo‘lmagan degan fikrdaman", — deb yozgan internet foydalanuvchilardan biri.
Yana bir foydalanuvchi esa hodisani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganligini va avariya mashina katta tezlikda boshqarilgani tufayli sodir bo‘lganligi haqida yozgan.
"U 120 tezlikda uchib kelayotgan edi. Chuqurlikka tushib ketdi, so‘ng daraxtga borib urildi. U yerdagi yo‘l chap tomoni kengaytirilgan, o‘ng tomoni esa eskiligicha qolgan, mana muammo nimada! Men har kuni shu yo‘ldan o‘taman. Va bugun bu fojiaga guvoh bo‘ldim", — deb yozgan u.