TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Bugun Qobulda sodir bo‘lgan, kamida 24 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" terrorchilar harakati o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar qilmoqda mahalliy nashrlar.
Afg‘oniston IIVi xabariga ko‘ra, mudhish fojea shaharning G‘arbiy qismida sodir bo‘lgan. 24 kishi qurbon bo‘lgan va 40 kishir turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra, barcha qurbonlar tinch aholi vakillari bo‘lgan.
Portlash xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, terrorchining maqsadi Afg‘oniston Tog‘ sanoati va shaxtalar vazirligi vakillari mingan mikroavtobus bo‘lgan. Portlash oqibatida vazirlik xodimlari ham jarohatlangan.
محل انفجار امروز در كابل pic.twitter.com/ItOiKe4y50
— John (@Pazitronika) 24 iyulya 2017 g.