TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Respublika ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Xodimlar kasbiy, jismoniy, jangovor tayyorgarliklari bilan kuch sinashdilar, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Shuningdek, 2-o‘rin Surxondaryo, 3-o‘rin esa Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmalari jamoalariga nasib etdi.
Sinov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shumanay tumani IIB katta eksperti, katta leytenant R.Uzakbergenov "Eng yaxshi ekspert-kriminalistika xodimi" nominatsiyasida 1-o‘ringa loyiq topildi.
Qarshi shahar (Qashqadaryo viloyati) IIB eksperti, leytenant I.Toshnazarov 2-o‘rinni, Buxoro shahar IIB eksperti, katta leytenant M.Tagayev 3-o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga Vazirlikning diplom va sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik A.Boboxonov tantanali ravishda topshirdi.