TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
Ta’kidlanishicha, ushbu ishonch telefoni orqali O‘zbekiston Respublikasining barcha hududidan ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risidagi murojaatlar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshlarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgan edi.
O‘zbekiston rahbari o‘shanda "Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etib tursa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?" degan savolni o‘rtaga tashlagan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.