GM Uzbekistan rahbariyatiga berilmay qolgan savollar...

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan rahbariyatining jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti Facebookda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu muhokamalarda ko‘tarilgan eng dolzarb savollarni quyida keltiramiz.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘tgan hafta oxirida GM Uzbekistan jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilgan edi.  Undan kompaniya o‘zbekistonlik jurnalistlarni  Asakadagi zavodga taklif qilib ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirgan, shuningdek kompanya rahbariyati muxbirlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan edi.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan  tomonidan tashkil qilingan ushbu press-tur haqidagi xabar kompaniyaning Facebookdagi  rasmiy saytida e’lon qilinganidan keyin tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Aksariyat foydalanuvchilar zavod tomonidan amalga oshirilgan ushbu tadbirni qo‘llab-quvvatlashgan. Ko‘pchilik kompaniya tarixida oldin bunday "ochiqlik" bo‘lmaganini ta’kidlashgan.

© GM UzbekistanGM Uzbekistan press-tur
GM Uzbekistan press-tur - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan press-tur
Shuningdek, kompaniya rahbariyati va jurnalistlar orasida bo‘lib o‘tgan savol-javoblardan so‘ng foydalanuvchilarda bir necha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lgan.

Xususan, GM Uzbekistan vakili chet elda sotilmay qolgan yoki ayrim sabablarga ko‘ra orqaga qaytarilgan avtomobillar O‘zbekiston bozorida sotilishi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.

Bunga javoban, Facebook foydalanuvchilari salonda ularga aynan shunday avtomobillar sotilganligini aytib o‘tishgan. "Aks holda avtomobil o‘rindiq isitgichlar bilan jihozlanganini yoki 2016-yilda sotib olingan mashina 2013-yilda ishlab chiqarilganini qanday tushunish mumkin?", — deb izoh qoldirishgan ular.

GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
"Kurs o‘ssa ham, narx o‘smaydi": GM Uzbekistan rasmiy bayonot berdi

Zavod rahbariyati chet elda sotilayotgan avtomobillar narxi ichki bozordagidan arzon emasligini ta’kidlashgan edi.

Bunga javoban Feysbuk foydalanuvchilari, Rossiya avtosalonida 10 ming dollarga sotilishga tayyor turgan Ravon Gentra avtomobiliga ishora qilib, "nega bizda shu mashinani shu narxda sotib olishning iloji yo‘q" deya savol berishgan. Ushbu savol aksariyat foydalanuvchilar tomonidan "to‘g‘ri va dolzarb savol", deb topilgan.

Dunyo tajribasiga nazar solsak, mahsulot o‘zi ishlab chiqarilayotgan mamlakatda eksport qilinayotgan mamlakatdan ko‘ra arzonroq bo‘lishi kerak. Chunki eksportchi kompaniya yo‘l xarajatlari, bojxona to‘lovlari, sertifikatsiya, NDS va utilizatsiya to‘lovlarini to‘lashi kerak.

Shu o‘rinda o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi, nega O‘zbekistonda GM Uzbekistan avtomobillari narxi Rossiya bilan bir xil (yoki qimmatroq) bo‘lishi kerak? Axir Rossiyada sotilayotgan har bir avtomobil uchun 150-200 ming rubl qo‘shimcha xarajat qilish kerak-ku?

Yangiliklar lentasi
0