Kamolot tugatildi, Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar"ga rahbar bo‘ldi

© 1news.uzNarodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov
Narodniy artist Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" YoIH tugatilganini, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzilgani haqida ma’lum qildi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugun, 30-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Uznews nashri xabar berdi.

Muhammad Ismoil, shoir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek televideniyesini chala o‘lik holatga keltirgan kim? - Muhammad Ismoil mulohazalari

Qurultoyda chiqish qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" YoIH tugatilganini, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzilgani haqida ma’lum qildi.

Qurultoyda ishtirok etayotgan manbalarning ma’lum qilishicha, prezident yangi yoshlar tashkilotiga ko‘plab vakolatlar taqdim etgan. Jumladan, "Yoshlar" telekanali aksiyalarining 50 foizi yangi tashkilotga o‘tgan.

Prezident ushbu telekanalni yoshlar hayotini yoritishda sustkashligi uchun tanqid qilgan. U O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni o‘zining media sohasi bo‘yicha vakili hamda telekanal rahbari etib tayinlagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0