TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Saratov viloyatida halok bo‘lgan besh nafar shaxs O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir, deb xabar berdi RIA Novosti viloyat prokuraturasiga asoslanib.
Bugun Saratov viloyat IIB ertalab Petrovsk tumanidagi Tarumovka qishlog‘ida Kia Rio avtomobili Nissan Almera avtomobili bilan to‘qnashib ketganligini ma’lum qilgandi. Oqibatda har ikki haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.
"Nissan Almerani saratovlik fuqaro boshqargan, Kia Rio haydovchisi tojikistonlik bo‘lgan, yo‘lovchilar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lib, ular orasida ikki nafar ayol bo‘lgan", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Suhbatdoshning aytishicha, yo‘lovchilar Qozog‘istonga borib qaytishayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha politsiya tekshiruv o‘tkazmoqda.
Shu yilning 15-yanvar kuni xuddi shu qishloq yaqinida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari YTH oqibatida halok bo‘lgandi.