TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida yashagan ikki kishi gemorragik bezgak kasalligi tufayli vafot etdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Gemorragik bezgak — xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, qora mollarda uchraydigan kana orqali tarqaladi.
Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashagan 47 yoshli ayol va 16 yoshli o‘smir yigit xavfli yuqumli kasallik tufayli vafot etdi.
Qashqadaryo viloyati davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi xodimi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holatdan so‘ng maxsus shtab tuzilib, mahalliy aholi to‘liq tekshirilmoqda. Tekshiruv davomida yana 14 kishida kana chaqish holatlari aniqlangan. Xozirgi vaqtda ularning sog‘lig‘i xavfdan holi.
Shifokorlar ogohlantirishiga ko‘ra, gemorragik kasallikda tana haroratining keskin yuqorilab ketishi, holsizlash, chanqoq, tomir urishi, nafar qisishi, suvsizlash va bosh og‘rishi kabi belgilar namoyon bo‘ladi.
Bezgak kasalligi belgilari paydo bo‘lgach bemorga 3-5 kun ichida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu holat o‘lim bilan tugashi mumkin. Bunday alomatlar paydo bo‘lganda zudlik bilan shiforkorlarga murojaat qilish zarur.