Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka o‘tishIsroil davlati bayrog‘i
Isroil davlati bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karmela Shamir mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. 2017-yilning 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Karmela Shamirni qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekistondagi Isroil elchixonasi oldida Ozod Salyaxov va Vacheslav Makarovga qo‘yilgan yodgorlik - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Isroil elchixonasida terrorchilik akti qurbonlari xotirlandi
Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir O‘zbekistondagi deyarli to‘rt yillik diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samaralari faoliyatini va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan xissasini qayd etdi.

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo Posla Gosudarstva Izrail Karmelu Shamir
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo Posla Gosudarstva Izrail Karmelu Shamir - Sputnik O‘zbekiston
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov prinyal Chrezvichaynogo i Polnomochnogo Posla Gosudarstva Izrail Karmelu Shamir

O‘z navbatida Karmela Shamir mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0