Pokistonda odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

© Sputnik / N. Obotov / Mediabankka o‘tishMechet Badshaxi Masdjid v gorode Laxor v Pakistane
Mechet Badshaxi Masdjid v gorode Laxor v Pakistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo‘yicha federal burosi ko‘magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun ularning jinoiy javobgarlikka tortilmasdan vatanga qaytishlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Islomobod shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonga ishlash maqsadida borgan va odam savdosining qurboniga aylangan fuqarolar Z.A. va Sh.X. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Lahor-Toshkent reysi bilan vatanga qaytarildilar. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayollar oyog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Qozog‘istonga "odam savdosi" to‘xtatildi

Ular yaqindagina voqea joyidan qochib O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo‘yicha federal burosi ko‘magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun ularning jinoiy javobgarlikka tortilmasdan vatanga qaytishlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi hamurtlarimizni chet elga chiqishdan oldin xorijiy davlatning tegishli qonunchiligini e’tibor bilan o‘rganishga hamda qat’iyan qonun doirasida harakat qilgan holda ish qidirishga va ogoh bo‘lishga chaqiradi.

Yangiliklar lentasi
0