O‘zbekistondan Qozog‘istonga "odam savdosi" to‘xtatildi

© Foto : pixabay.comAyollar oyog‘i
Ayollar oyog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar O‘zbekistonlik qizlarni qo‘shni mamlakat restoranlarda ishlash bahonasida Qozog‘istonga olib chiqib "jinsiy qullikka" topshirgan.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari qizlarni Qozog‘istonga "jinsiy qullika" jo‘natish kanalini tashkil qilgan jinoyatchini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 24 yoshli Yelena Orlova O‘zbekistonlik qizlarga, Qo‘shni malakat hududida yuqori maoshli ish va’da berib, ularni "jinsiy qullikka" topshirib yuborgan.

"Yelena Orlova Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hududida yosh qizlarga Qozog‘istonning nufuzli restoranlarda yuqori maoshli ofitsiantka bo‘lib ishlashni va’da berib, ularni "G‘ishtko‘prik" xalqaro chegara-nazorat punktidan o‘tkazib yuborgan. Chimkentda ularni bir necha sauna egasi bo‘lgan Regina ismli Qozog‘iston fuqarosi kutib olgan. Har bir jo‘natilgan qiz uchun Orlova 400 dollardan olgan», — dedi huquqni saqlash organlari vakili.

Jinoyatchi navbatdagi "tirik tovar" partiyasini jo‘natish vaqtida O‘zbekiston MXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan JKning 135 (Odam savdosi) moddasiga binoan ish qo‘zg‘atildi. Sud Yelena Orlovani 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqardi, lekin yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olib, belgilangan jazo bir yil shartli jazoga almashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0