TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkentga Rossiya musulmon arboblaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati.
Delegatsiya tarkibidan Tatariston muftiysi Kamil hazrat Samigullin, muftiy o‘rinbosari Mansur Jalyaletdinov, Rossiya islom universiteti rektori Rafik Muxametshin, Chuvashiston respublikasi muftiysi Albir hazrat Krganov, Islom biznesi xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Marat Kabayev va boshqalar o‘rin olgan.
Kamil hazrat Samigullin O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alim bilan uchrashdi va Toshkent islom universitetida bo‘ldi.
Tashrif dasturi davomida delegatsiya O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turden bilan uchrashishlari rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Rossiya delegatsiyasi "Mir – arab" madrasasi, Imom al Buxoriy maqbarasi, Samarqanddagi muqaddas qadamjolarga sayohat uyushtiradi va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.