"Misha, boks otmen, raqs tushamiz": Tojikistondagi boks shousi bekor qilindi

© pixabayBokserskie perchatki
Bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe hokimiyati O‘zbekiston va Tojikiston bokschilari o‘rtasida poytaxt amfiteatrida boks shousi o‘tkazilishiga ruxsat bermadi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ilgariroq, 29-iyul kuni Dushanbedagi "Axorun" amfiteatrida o‘zbek va tojik bokschilari o‘rtasida professional boks kechasi o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Tojikiston professional boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur tadbir bekor qilingan.

Boks, bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bokschilari Tojikistonda jang o‘tkazadilar

Dushanbe shahri hokimiyatining federatsiyaga yo‘llagan maktubidan ma’lum bo‘lishicha, "Axorun" madaniy-dam olish muassasasi (amfiteatr) faqatgina madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, professional bokschilar ishtirokidagi tadbirni sport zalida o‘tkazish tavsiya qilingan.

Shu sababli O‘zbekiston va Tojikiston bokschilari o‘rtasidagi boks-shousi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Federatsiyaning ma’lum qilishicha, hozirda ushbu sport tadbirini boshqa maskanda o‘tkazishni tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Boks shousida Sherali Mamadaliyev (Tojikiston) – Maqsud Jumayev (O‘zbekiston), Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) – Alisher Habibullayev (O‘zbekiston) va Asror Vohidov (Tojikiston) – Humoyun Rustamov (O‘zbekiston) bir-birlari bilan kuch sinashishlari lozim edi.

Yangiliklar lentasi
0