TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Tojikiston poytaxtidagi "Amfiteatr"da 29-iyul kuni O‘zbekiston va Tojikiston sportchilari ishtirokida boks-shou bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek bokschilari qarshi tojikistonlik Sherali Mamadaliyev, Baxtiyor Mirzomuhammad va Asror Vohidov ringga chiqadi.
Boks kechasida quyidagi juftliklar kuch sinashishadi: Sherali Mamadaliyev (Tojikiston) — Maqsud Jumayev (O‘zbekiston), reyting jangi, (66,678 kg), 8 raund; Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) — Alisher Habibullayev (O‘zbekiston), reyting jangi, (72,5 kg), 6 raund; Asror Vohidov (Tojikiston) — Humoyun Rustamov (O‘zbekiston), reyting jangi, (55,338 kg), 6 raund.
Mazkur musobaqa "Taj Promoushen" kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda, deb yozadi Sputnik Tojikiston.