Virtual qabulxona xodimlari voyaga yetmagan 11 farzandli oilaga qoyil qolishdi

© SputnikVirtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva
Virtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Ella Dugina 11 nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalamoqda

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Virtual qabulxona xodimlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish jarayonida Ella Duginaning oilasiga e’tibor qaratishdi.

Ella Dugina 1978-yilda tug‘ilgan, turmush o‘rtog‘i yaqin kunlarda Rossiyaga ketgan ekan. Qaynotasi qorovul bo‘lib ishlaydi. Ayniqsa, Ellaning 11 nafar voyaga yetmagan farzandi – 7 qiz va 4 o‘g‘li borligi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. To‘ng‘ich farzandi 12 yoshda, kenjatoyi esa hali 1 yoshga ham to‘lmagan. Yana qizig‘i, Ellaning to‘ng‘ichi 2004-yilda, ikkinchi farzandi 2005-yili, uchinchisi esa 2006-yilda, barchalari noyabr oyining 18-sanasida tug‘ilgan,deb yozadi 1news.uz.

Uzbekistansi vo vremya prazdnika - Sputnik O‘zbekiston
Jamoatchilik fikri: ideal oila bo‘lish uchun necha farzand bo‘lish kerak?

Dugina ko‘p bolali bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha biron marta mahalla fuqarolar yig‘iniga moddiy yordam so‘rab kelmagan ekan. Ushbu xonadon a’zolari o‘zlariga tegishli bir parcha hovlida dehqonchilik, asalarichilik, chorva mollari, quyon, tovuq boqish bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘orini obod qilib kelmoqda. Jajji bolakaylar onasiga ko‘makchi, qo‘llaridan kelgancha uy yumushlarini qilishadi.

Hozirda Ella Duginaning qaynotasi 3 xonali ta’mirtalab uyning 1 xonasida, oilaning qolgan a’zolari (13 kishi) ikki xonasida yashab kelmoqda. Oilada bolalarning mehnatsevarligini va yuzlaridan nur yog‘ilib turganini ko‘rgan kishining bu oilaga havas qilmasdan iloji yo‘q. Oiladagi fayzu baraka, bir-biriga mehr, jipslik va eng asosiysi, shukronalik kayfiyati insonni bu hayotda nima muhimligini, intilayotgan maqsadlari qanchalik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor jiddiyroq o‘ylab ko‘rishga undaydi.

"Bizga hech narsaning zarurati yo‘q. Ro‘zg‘orga kerakli hamma narsani o‘zimiz mehnat qilib topapmiz. Farzandlarim kichkinaligidan mehnat nimaligini o‘rganib borishmoqda. Shuning uchun ko‘nglimiz ham, xonadonimiz ham obod", — deydi Ella kamtarlik bilan. 

Mehmonlar ushbu oilaga ham havas qilishdi, ham qoyil qolishdi. Duginaga, garchi o‘zi so‘ramagan bo‘lsa-da, xonadondagi mavjud shart-sharoitni hisobga olib, voyaga yetmagan farzandlari uchun davlat tomonidan moddiy yordam belgilandi. Ular yashayotgan uyni ta’mirlashga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Oila zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.

Yangiliklar lentasi
0