TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Londondagi para-atletika Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 7ta medalni qo‘lga kiritib 1ta Jaxon va 1ta Osiyo rekordlarini yangiladilar.
23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda ayollar o‘rtasida yadro otish sport turidan Sofiya Burxanova 14.76m hamda erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish musobaqalarida Xusniddin Norbekov 14.87m natija bilan kumush medallarni qo‘lga kiritib O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 medalarni yozib qo‘ydilar.
Eslatib o‘tamiz 10 kun davom etagan London-2017 Jaxon Chempionatida nayza otish sport turi bo‘yicha Aleksandr Svechnikov oltin, uzunlikga sakrash bahslarida Doniyor Soliyev oltin, disk otish sport turida Xusniddin Norbekov oltin, nayza otish sport turida Nozima Kayumova kumush, yadro uloqtirish va disk otish musobaqalarida Sofiya Burxonova 2ta kumush, yadro uloqtirish bahslarida Norbekov Xusniddin kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
London-2017 Jaxon chempionatida 1050ta sportchilar 213ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi 26-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 08.25da London-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib keladilar.