Atambayev: o‘z yurti va xalqini o‘marganlar kechirimga loyiq emas

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevQirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Atambave mamlakatning sobiq prezidenti Askar Akayevni nima sababdan hech qachon kechirmasligi sababini aytdi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zidan oldin prezident bo‘lgan Askar Akayevni hech qachon kechirmasligini aytdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.

Atambayev bu gapni Cho‘lpon-Otada o‘tkazilayotgan matbuot-anjumani vaqtida aytgan.

Asqar Akayev - Sputnik O‘zbekiston
Akayev: AQShning terrorizmga qarshi kurashdan maqsadi Markaziy Osiyoga kirish bo‘lgan
Anjuman davomida Atambayevga 2010-yil 7-aprel voqealari bo‘yicha hukm qilinganlarga nisbatan amnistiya qo‘llanilishi imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savol berishgan.

"Janish Bakiyevga keladigan bo‘lsak, aytishim mumkin-ki, bizda uni ushlab, jazosini beradigan MOSSAD darajasidagi razvedka xizmati yo‘qligi taassuflidir. U 7-aprelga qadar va undan keyin ham qanchadan-qancha odamlarni o‘ldirdi, yuz millionlab mablag‘larni o‘g‘irladi! Akayev haqida ham gap ochiladigan bo‘lsa, keling uni kechiraylik deyishadi. Biz ming tonna oltinga va "Qumtorda" 67 % ulushga ega edik. Bu ulush 16%gacha kamayib ketdi. Men Akayevni hech qachon kechirmayman: ming tonna oltinni yeb-to‘ymas oilasi uchun begonalarga qo‘sh-qo‘llab topshirdi", — deb ta’kidlagan anjuman vaqtida Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti "mamlakat va xalq mulkini talon-taroj qilgan odamlar kechirimga loyiq emas", deb qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0