Toshkent-Samarqand tezurar poyezdi yo‘lovchilari nimalarni ko‘radilar?

Obuna bo‘lish
Temir yo‘l bo‘ylab 629 ta arzon turar-joylarni barpo etish, eski binolarni qayta ta’mirlash hamda zamonaviy temir panjaralar o‘rnatish rejalashtirilgan

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2017-yil 13-iyul kuni "Toshkent-Samarqand" tezurar temir yo‘li uchastkasi bo‘ylab joylashgan aholi punktlari arxitektura qiyofasini yaxshilash va bu yerga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Samarqandda "Samarkand city" turizm zonasi barpo etiladi

Qarorda aholi turar joylarini kapital ta’mirlash, tomlarini almashtirish, uy fasadlarini qayta ta’mirlash hamda zamonaviy temir panjaralar o‘rnatish to‘g‘risidagi topshiriqlar bayon etilgan. Qayta ta’mirlash ishlari 3 ming ortiq uylarda amalga oshiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 33 mlrd so‘m sarf etiladi. Barcha ishlar 2017-yil 1-oktabrga qadar yakunlanishi zarur.

Bundan tashqari, temir yo‘l bo‘ylab Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 629 ta yangi arzon turar-joylarni qurish rejalashtirilmoqda.

Yana bir muhim jihat — bu ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarning joriy ta’mirlash ishlarini yakunlash, shuningdek, «Toshkent-Samarqand» tezurar temir yo‘liga yaqin joylashgan eskirgan yo‘l belgilarini almashtirish, manzarali daraxtlarni ekish, meloratsiya va irrigatsiya obyektlarini tartibga keltirish bo‘yicha vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0