Chilonzorda kanalga tushib ketgan kishi qutqarib qolindi

Obuna bo‘lish
52 yoshli fuqaro qirg‘oq yonidan piyoda o‘tayotgan vaqtda ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketadi va taxminan 50 metr suzib toliqqanligi bois daraxt shoxlariga ilinib qoladi

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Kecha ertalab Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi qismiga ichki ishlar xodimlari tomonidan Chilonzor tumanidagi Bo‘rijar kanalida fuqaro yordamga muhtoj ekanligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

DTP, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda YTHga uchragan haydovchi qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otradi voqea joyiga tezkorlik bilan yetib keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘rijar kanalidagi ko‘prikdan 20 metr uzoqlikda, 52 yoshli fuqaro qirg‘oq yonidan piyoda o‘tayotgan vaqtda ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketadi va taxminan 50 metr suzib toliqqanligi bois daraxt shoxlariga ilinib qoladi.

Qutqaruvchilar fuqaroni qirg‘oqqa olib chiqishdi. Unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng jabrlangan fuqaro tez tibbiy yordam xizmatiga topshirildi.

Hozirda qutqarilgan fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, uning salomatligiga ziyon yetmagan.

Yangiliklar lentasi
0