TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 12-iyun kuni kechki vaqtda "Urganch-Xonqa" yo‘lida "Nexia" va "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
14 Iyun 2017, 11:23
To‘qnashuv oqibatida "Nexia" avtomashinasi haydovchisining oyoqlari avtomobil ruli va o‘rindig‘i orasida qisilib qolgan.
Xorazm viloyati FVB qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan etib borib, maxsus qutqaruv texnikalari yordamida jabrlangan fuqaroni chiqarib olishdi va Xonqa tumani tez tibbiy yordam xodimlariga yetkazildi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.