O‘zbek bokschisi Qizil maydonda jang o‘tkazadi

© pixabayBokserskie perchatki
Bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon boks maktabi vakili bo‘lgan Olimjonov WBC yo‘nalishida MDH va Slavan mamlakatlari chempionlik kamari sohibi bo‘lib, uning hisobida 25 g‘alaba bor

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Sherzodbek Olimjonov 22-iyul kuni Moskvada Qizil maydonda o‘tkaziladigan boks kechasida ringga chiqadi, deb xabar bermoqda "R-Sport" agentligi.

Uzbekskiy bokser Kudratillo Abdukaxorov - Sputnik O‘zbekiston
Bokschi Qudratillo Abduqahhorov WBC silver chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Andijon boks maktabi vakili bo‘lgan Olimjonov WBC yo‘nalishida MDH va Slavan mamlakatlari chempionlik kamari sohibi bo‘lib, uning hisobida 25 g‘alaba bor. Ulardan 15tasida jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Olimjonovga qarshi rossiyalik bokschi Rajab Bo‘tayev ringga chiqadi.

"Olimjonov — tajribali, universal jangchi, texnik-taktik jihatdan kuchli", — dedi Bo‘tayevning murabbiyi Eduard Kravsov.

Jang sakkiz raund davom etadi.

Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida shuningdek, Mixail Aloyan, Yegor Mexonsev, Fedor Chudinov va boshqa bokschilar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0