O‘zbekistonda Bars avtoshinalari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishRabota avtosalonov v Omske
Rabota avtosalonov v Omske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning 1-sentabr kuni korxonada dastlabki mahsulot ishlab chiqarilishi va xalqaro muvofiqlik sertifikati olish uchun sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tez orada Bars brendi ostida avtomobil shinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Angrenda yiliga 3 million dona avtoshina ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, deb yozadi Podrobno.uz.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Peugeot Citroen Avtomotive” guruhi bilan o‘zaro hamkorlikda yo‘lovchi va yuk tashish avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavod qurilishiga kirishildi - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Peugeot avtomobillarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

Bars avtoshinalari GM Uzbekistan qo‘shma korxonasiga yetkazib beriladi. Ichki bozorni ta’minlashdan tashqari, yiliga 60 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi mo‘ljallanmoqda.

Ayni paytda zavodda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Shu yilning 1-sentabr kuni korxonada dastlabki mahsulot ishlab chiqarilishi va xalqaro muvofiqlik sertifikati olish uchun sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0