TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi, deb xabar qildi Uz24uz.
UZ24 manbasining xabar berishicha, Mirziyoyevning Toshkent viloyatining To‘ytepa va Olmaliq shaharlarida bo‘lishi kutilmoqda.
Viloyat hokimligi binosida faollar bilan uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
2016 yil 15-dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev viloyat markazini To‘ytepa shahriga ko‘chirish taklifini bergandi.
Nashrga ko‘ra, Mirziyoyevning viloyatga tashrifi oldidan To‘ytepadagi viloyat hokimligi binosi qayta ta’mirlandi, shaharda obodonchilik ishlari olib borildi. Toshkent va To‘ytepa shaharlarini bog‘lovchi yo‘l kengaytirildi.