Mirziyoyev "Adolat saroyi" majmuasini barpo etishga farmoyish berdi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majmua qurilishida optimal texnik va me’moriy yechimlardan foydalaniladi, xususan, tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari, ochiq sud majlislarini kuzatish zallari quriladi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Adolat saroyi" majmuasini barpo etish haqidagi farmoyishni imzoladi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Endi sudlar videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi

Yangi majmuada Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsion sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi hamda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi binosi joylashadi.

Majmua qurilishida optimal texnik va me’moriy yechimlardan foydalaniladi, xususan, tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari, ochiq sud majlislarini kuzatish zallari, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tinglovchilari uchun mehmonxona quriladi. Majmua hududida Amir Temur haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga respublika Oliy sudi bilan hamkorlikda majmuada fuqarolarning erkin tashrif buyurishlari va ochiq sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatishlari uchun zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan maxsus zal barpo etish vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0