Samarqand viloyatida oilalar seminarlar vaqtida yarashtirilyapti

Obuna bo‘lish
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga "Oila muqaddas dargoh"ligi uqtirilib, har bir holat bo‘yicha o‘z vaqtida xulosa qilib, to‘g‘ri yo‘l tanlash kerakligi haqida tavsiyalar berilmoqda

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Samarqand viloyatida "Oila muqaddas dargoh" nomli seminarlar yana o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Internetda ko‘p xotinli "boylar" mavzusi qizg‘in muhokama qilinmoqda
Xabarga ko‘ra, hokimlik, xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi aholi va yoshlar o‘rtasida nikoh va oila huquqi, oila ma’naviyati va ma’rifati to‘g‘risida, shuningdek noqonuniy nikoh, erta va qarindoshlar o‘rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishmoqda.

Kuni kecha Kattaqurg‘on tumani Yakka bog‘ mahallasida o‘tkazilgan seminarda tumandagi 32 ta mahalla raislari va maslahatchilari, mahalla "Yarashtirish" komissiyasi raislari va a’zolari, mahallalarda jamoatchilik asosida tashkil etilgan 55 nafar "Qaynonalar kengashi" vakillari, oilaviy ajrim borasida sud organlariga murojaat qilgan va ularga sudlar tomonidan 6 oylik sinov muddati berilgan muammoli oilalar, jami 104 nafar ishtirokchilar qatnashishgan.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad oilalarni murosaga keltirish bo‘lgan.

Jumladan, "Yakkabog‘" MFYda yashovchi fuqarolar Do‘stmurodova Gulnora va Azimova Irodalarning oilaviy nizolari o‘rganilib, ular o‘rtasidagi oilaviy kelishmovchilikka chek qo‘yilgan.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xotin-qizlar raisi: aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashgan
Shuningdek Jo‘rayeva Sharofat va Mizanova Oydinnisolarning qaynona va kelin munosabati o‘rganilib, qaynona va kelin murosaga keltirilgan va oilani yarashtirishga erishilgan. Ularning barchasi tuman "Mahalla" XJF raisi nazoratiga olingan.

"Bog‘ot" MFY fuqarosi Toshmamatova Nafisa hamda "Do‘stlik" MFY fuqarosi Mardonov Alilarning oilaviy nizolari o‘rganilgan va tegishli maslahatlar natijasida darz ketish arafasida turgan oila tiklangan. Ularni nazorati tuman bosh imom xatibi Xamidullo Shomurodov zimasiga yuklatilgan.

O‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga "Oila muqaddas dargoh"ligi uqtirilgan va har bir holat bo‘yicha o‘z vaqtida xulosa qilib, to‘g‘ri yo‘l tanlash kerakligi haqida tavsiyalar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0