Mirziyoyev: Shunday sharoit bo‘la turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentiga Toshkent viloyatining asosiy turistik yo‘nalishlari namoyish etildi

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyatining asosiy turistik yo‘nalishlari namoyish etildi, 2017-2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkich prognoz parametrlari taqdim qilindi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-saytida xabar qilindi.

Xabarda bildirilishicha, Chimon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 o‘rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur hududda zamonaviy osma yo‘l qurish loyihasiga ham e’tibor qaratildi. Uzunligi 2 kilometr bo‘lgan, 26 kabinadan iborat osma yo‘lni 10 oyda qurish mo‘ljallanmoqda.

Chimon MDHdagi eng ommabop tog‘ kurortlari ro‘yxatining yuqori beshligiga kirdi

Bo‘stonliq tumanida "Qo‘sh-Chinor" mehmonxona majmuasi quriladi. Majmuadan 130 o‘rinli mehmonxona, 60 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari o‘rin olgan.

"Amirsoy" tog‘ chang‘i dam olish maskanida yilning turli fasllarida sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan tizim yaratiladi.

Prezident Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatidan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi. Shunday sharoit bo‘la turib, mavjud imkoniyatlardan foydalanmayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbariga Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalarida tajriba sifatida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha takliflar taqdim qilindi. Bunda azaliy urf-odatlarimiz asosidagi tadbirlarga sayyohlarni jalb etish, ularga milliy taomlar tayyorlashni namoyish etish va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Toshkent viloyatida Chimon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak ko‘llari bor. Viloyatda 45 ta mehmonxona bo‘lib, o‘tgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. 4 turoperator, 4 tabiiy ko‘l, 71 sanatoriy, 1 qo‘riqxona, 5 o‘rmon xo‘jaligi mavjud.

Yangiliklar lentasi
0