TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Chimon tog‘ kurorti 2017-yil yoz mavsumida MDHdagi eng ommabop dam olish maskanlari ro‘yxatining yuqori beshligidan joy oldi, deb xabar beradi TurStat agentligi.
Yuqori beshlikka shuningdek, Chimbuloq (Qozog‘iston), Shaxdag (Ozarboyjon), Saxkadzor (Armaniston) va Qorako‘l (Qirg‘iziston) dam olish maskanlari kirdi.
Bundan tashqari, Chimon Qorako‘l kurorti bilan birgalikda eng arzon kurort deb topildi. Chimonda bir sutkani o‘tkazish 70 dollardan kamroqqa tushadi. Eng ko‘p pul esa Chimbuloqda sarflanadi – sutkasiga yuz dollardan ortiq.
Ekspertlarning aytishlaricha, turistlar faol dam olishga o‘rtacha yetti kun sarflashadi.