TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek akademik musiqali drama teatriga "Boburning ruhiy iztirobi" spektakli uchun umumiy qiymati 30 ming dollarga yaqin bo‘lgan libos va dekoratsiyalar sovg‘a qildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, barcha dekoratsiyalar o‘rnatib bo‘lingan.
O‘tgan yili rasmiy Toshkent "Boburning ruhiy iztirobi" spektaklini sahnalashtirish taklifini bergandi.
Jamoa ishga kirishgan va iyun oyida spektaklni Andijon shahrida namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.