Shavkat Mirziyoyev Angren shahriga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev "Angren" erkin iqtisodiy zonasida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasi ijrosining borishi bilan tanishdi

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Angren shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb saytida xabar berilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev "Angren" erkin iqtisodiy zonasida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasi ijrosining borishi bilan tanishdi.

Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega, dedi prezident. Bu yerda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega bo‘ladi, hayotdan rozi bo‘lib yashaydi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bugun To‘ytepa va Olmaliqni ko‘zdan kechiradi

Loyihaga ko‘ra yiliga 100 ming pogon metr konveyer lentasi, 200 mingta qishloq xo‘jaligi texnikasi shinasi, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavod ishga tushgach 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Yoshlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bo‘lib shakllanadi. Hozirgacha 68 mutaxassis Xitoyda malaka oshirib qaytdi.

Davlat rahbari korxona uchun mutaxassislarni aniq, manzilli asosda tayyorlash, xomashoni mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xitoyning "Poli teknoloji" kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish, xususan, yangi imkoniyatlarni kashf etish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha "O‘zkimosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi bilan 10-yillik strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, "Angren" erkin iqtisodiy zonasida istiqbolli loyiahalarni amalga oshirish, Toshkent viloyatidagi bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Prezident bu loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratdi, xomashosi va bozorini surishtirdi. Korxonalarning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashish, energiya sarfini kamaytirish orqali mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, odamlarni ish bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0