O‘zbekistondagi dorixonalarda cheklar kitobi yuritiladi

Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Muhabbat Ibragimovaning aytishicha endilikda svet yo‘qligi yoxud uskuna nosozligi chek bermaslik uchun bahona bo‘la olmaydi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Endi dorixonada tovar chekini berish imkoni bo‘lmasa, tovar cheklari kitobi yuritiladi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish, iste’molchilarga tovar cheki berish jarayonlari yanada takomillashtirildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Muhabbat Ibragimovaning aytishicha endilikda svet yo‘qligi yoxud uskuna nosozligi chek bermaslik uchun bahona bo‘la olmaydi.

"Ayrim dorixonalarda uskuna nosozligi yoki boshqa biror sabab tufayli tovar cheki berilmasligi holatlari qayd etilayotgan edi. Bu esa dori vositalarining cheklangan narxlarda sotilishi va sifati ustidan iste’molchi nazoratining susayishiga olib kelayotgandi. Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobi shaklini tasdiqlash vazifasi belgilandi. Ushbu kitob qat’iy hisobi yuritiladigan blank hisoblanadi va undan tovar cheklarini berish bo‘yicha asbob-uskunalar mavjud bo‘lmagan yoki nosoz bo‘lgan yoxud elektr energiyasi vaqtincha o‘chirilgan hollardagina foydalaniladi", — dedi Ibragimova.

Qayd etilishicha, ushbu blankda ham tovar chekida qayd etiluvchi ma’lumotlar to‘liq aks etadi.

© Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmatiChek
Chek - Sputnik O‘zbekiston
Chek

Ya’ni unda:

— Dori vositasi yoki tibbiyot buyumining nomi;

— Identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori);

— Ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar;

— Berish sanasi;

— Narxi.

Dorixonadagi holat - Sputnik O‘zbekiston
Chidaganga chiqargan: O‘zbekistonda 615ta dorixona yopiladi
Tovar cheklarining ahamiyatli tomoni shundaki, agar iste’molchida tibbiy preparatning narxi oshirilganligi xususida shubha yuzaga kelsa, uni aniqlash tovar cheklari orqali amalga oshiriladi. Ilgari faqat kassa cheki berilar va unda dori vositalarining nomi va har birining narxi qayd etilmasdi. Endilikda xaridorning o‘zi ham jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi va dori vositalarining cheklangan narxlarda sotilishini nazorat qilib borishi mumkin. Buning uchun dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilinganda, albatta, kassa cheki bilan birga, tovar cheklari yoki uning muqobili bo‘lgan tovar cheklari kitobi blankasi to‘ldirib berilishini so‘rang.

Yangiliklar lentasi
0