TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Davlat xizmati to‘g‘risida" yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Podrobno.uz.
Ushbu hujjat talablariga ko‘ra, yangi xodimlar davlat tuzilmalariga ishga qabul qilish qat’iy tartibga solingan tanlov asosida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida sidqidildan mehnat qilayotgan mansabdor shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmi ham inobatga olingan.
Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini ham qamrab oladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Abduxakimov Azizning fikriga ko‘ra, qonun loyihasida "meritokratiya" boshqaruv tamoyili asosida, ya’ni davlat rahbarlik lavozimiga moliyaviy farovonligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar faqat iqtidorli odamlar tayinlanishi shartdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari harakatsizligi va beparvoligi uchun mansabdor shaxslarga qattiq e’tirozlar bildirilgan edi. Bundan tashqari, iyul oyi boshida davlat rahbari samarasiz ish faoliyati uchun turli vazirlik va idoralar rahbarlarni tanqid qilingan edi.