TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston noqonuniy kirakashlar mavzusiga bir necha bor to‘xtalgan. O‘tgan yilning fevralida Toshkentda bombilalarga qarshi ikki yil davom etadigan kampaniyaga ishga tushirilgan edi, hatto.
"Zarafshon" gazetasida chop etilgan ma’qola Samarqandda ham noqonuniy kirakashlik bilan bog‘liq muammolar mo‘lligini ko‘rsatmoqda.
"Yomoni, hech kim hech kimga e’tiroz bildirmaydi. Bir kuni haydovchilardan biri litsenziyamni ko‘rib, "Menda bunaqa qog‘oz yo‘q", dedi. Yana biri ko‘z oldimda mashinasi hujjatini jiyaniga berdi. To‘yi bor ekan. Vaholanki, qonunda bu holat man etilgan.
Ba’zan bekatlarda hech qanday hujjatsiz mashinalar saf tortib, qonuniy "Damas"larga yo‘l berishmaydi", — deydi muallif o‘z maktubida.
Toirovning yozishicha, shahardagi "Xazora" shohbekatida bombilalarning o‘z joylari bor.
"O‘zaro suhbat chog‘ida ular hech kimdan qo‘rqmasligini aytishadi. Ochig‘i, qonunni hurmat qilishga o‘rgangan menga o‘xshagan haydovchilarga bu gap juda og‘ir botadi. Chunki ular davlatga bir tiyinlik ham naf keltirishmaydi. Xayrli, savobli ishlar haqida esa o‘ylab ko‘rishmaydi", — deya o‘z maktubini davom ettirgan u.
"Aks holda, qonuniy ishlayotganlarga ularning harakati va nazorat idoralarining befarqligi yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bu oddiy shoforning ko‘nglidan o‘tgan gaplar. Uni gazetada berasizlarmi, yo‘qmi, bu albatta, sizlarga havola. Baribir odamlar bilishi kerak bo‘lgan narsani ulardan yashirib bo‘lmaydi", — deya o‘z maktubiga yakun yasagan muallif.